Raqamli chorva

Ishlab chiqilmoqda, pilot fermalar qidiryapmiz

Har bir molingiz foyda keltiryaptimi?

Ishchingiz molxonada Telegram botga 2–3 tugma bilan yem, vazn, sut va veterinariya qaydlarini kiritadi. Siz har bir molning tannarxi va foydasini, ombordagi yem qoldigʻini koʻrasiz.

Pilotga qoʻshilish Qanday ishlaydi
№ 0142
Buqa, boʻrdoqi · 280 → 460 kg
namuna
Sotib olish 9 500 000 soʻm
Yem 4 140 000 soʻm
Veterinariya 310 000 soʻm
Umumiy xarajat ulushi 590 000 soʻm
Jami xarajat14 540 000 soʻm
Sotuv17 200 000 soʻm
Foyda+2 660 000 soʻm
1 kg vazn oʻsishi tannarxi28 000 soʻm
(yem + veterinariya + umumiy ulush) ÷ 180 kg oʻsish

Hisob daftarda boʻlsa, pul qayerga ketganini bilish qiyin

Tannarx nomaʼlum

Mol sotilganda pul tushadi, lekin unga qancha yem, dori va ish haqi ketganini hech kim aniq aytolmaydi. Qaysi mol zarar keltirgani koʻrinmaydi.

Ombordan yem yoʻqoladi

Kelgan va berilgan yem solishtirilmaydi. Kamomad oylar oʻtib, yem tugaganda bilinadi.

Daftar va Excelʼda chalkashlik

Har kim oʻzicha yozadi: biri daftarga, biri telefonga, biri Excelʼga. Oy oxirida raqamlar bir-biriga toʻgʻri kelmaydi.

Ishchi yozadi, dastur hisoblaydi, siz koʻrasiz

  1. 1

    Ishchi botda kiritadi

    Yem berdi, vazn oʻlchadi, sut sogʻdi yoki emladi — Telegram botda 2–3 tugma bosadi.

  2. 2

    Dastur hisoblaydi

    Yem qaysi partiyadan olingan boʻlsa, oʻsha narxda hisoblanadi. Ish haqi va elektr kabi umumiy xarajatlar mollarga taqsimlanadi.

  3. 3

    Siz hisobotni koʻrasiz

    Web panelda har bir molning foyda-zarari, ombor qoldigʻi va ogohlantirishlar.

Ishchingiz uchun bir necha tugma, xolos

Ishchi guruhni va miqdorni tanlaydi, keyin tasdiqlaydi. Xato boʻlsa, yozuvni 10 daqiqa ichida bekor qila oladi.

  • Kiritiladi: yem, vazn, sut, jun va veterinariya tadbirlari
  • Xato yozuv 10 daqiqa ichida bekor qilinadi
  • Bir odam bir nechta fermada ishlay oladi, masalan, veterinar
07:42
RC
Raqamli chorva
bot
Bugun
Assalomu alaykum! Nimani kiritamiz?07:41
Xabar
namuna Tugmalarni bosib koʻring. Bu namunada yem berish oqimi ishlaydi.

Qaysi mol foyda, qaysi biri zarar — bir qarashda

Web panelda har bir mol boʻyicha xarajat, sotuv va foyda. Ombordagi yem hisobda qancha va sanalganda qancha chiqqani yonma-yon.

Ferma paneli namuna

Sotilgan buqalar · 2026-10

Mol Xarajat, soʻm Sotuv, soʻm Foyda, soʻm
№ 0142 14 540 000 17 200 000 +2 660 000
№ 0157 13 900 000 15 600 000 +1 700 000
№ 0163zarar 14 800 000 13 950 000 −850 000
№ 0171 12 600 000 14 300 000 +1 700 000
Jami 55 840 000 61 050 000 +5 210 000

Ombor qoldigʻi

Yem Hisobda, kg Sanalgan, kg Farq, kg
Arpa 2 400 2 310 −90
Kepak 1 150 1 150 0
Silos 8 600 8 600 0

Inventarizatsiya: 2026-10-14, ikki kishi guvohligida

Ogohlantirishlar

Kamomad: arpa 90 kg
Hisobda 2 400 kg, sanalganda 2 310 kg chiqdi.
Meʼyordan ogʻish: 2-qoʻra +21%
2026-10-16 da 182 kg yem berildi, meʼyor 150 kg.

Fermaga kerak hisoblar bir joyda

01

Guruh boʻyicha yem

Yem qoʻra yoki suruvga beriladi va guruhdagi mollarga taqsimlanadi.

02

Yem partiyalari

Har xil narxda kelgan yem aralashmaydi: har bir partiya oʻz narxida hisoblanadi (FIFO).

03

Vazn, sut va jun

Tortish, sogʻim va jun qirqim qaydlari. 1 kg vazn oʻsishi va 1 litr sut tannarxi.

04

Veterinariya va karens

Emlash va davolash qaydlari. Karens davri tugamaguncha goʻsht va sut haqida ogohlantiradi.

05

Eslatmalar

Emlash, kuyikish, tugʻish va davlat birkasi muddati.

06

Umumiy xarajatlar

Ish haqi, elektr va boshqa umumiy xarajatlar mollarga taqsimlanadi.

07

Soʻm va dollar

Xarajat va sotuvni soʻmda ham, dollarda ham kiritish mumkin.

08

Bir nechta ferma

Bir odam bir nechta fermada ishlay oladi, masalan, veterinar.

Hayvonlarni identifikatsiya qilish endi majburiy

2025-08-06 dagi OʻRQ-1079-son «Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish toʻgʻrisida»gi Qonunga koʻra, hayvonlar identifikatsiya qilinishi shart. Dastur birka muddatlarini faqat eslatadi.

Dastur davlat tizimi bilan bogʻlanmagan.

Qonun matni: lex.uz

Eslatmalar

namuna
2026-10-19
Emlash
1-qoʻra, 24 bosh
2026-10-21
Birka muddati
Buzoq № 0188: davlat birkasini taqish vaqti (oxirgi kun 2026-11-21)
2026-10-27
Karens davri tugaydi
Sigir № 0098: shu sanagacha sutini sotmang
2026-11-03
Tugʻish
Sigir № 0112: kutilayotgan tugʻish (taxminiy)

Qaysi fermalar uchun

Qoramol, qoʻy, echki, ot va tuya boqadigan fermalar.

Boʻrdoqi

Har bir molning yem tannarxi va 1 kg vazn oʻsishi necha soʻmga tushgani.

Sut

Sogʻim qaydlari va 1 litr sut tannarxi.

Qoʻy-echki

Suruv boʻyicha yem va jun qirqim qaydlari.

Naslchilik

Kuyikish, tugʻish, emlash va birka muddatlari eslatmalari.

Savol-javob

Ishchi Telegram botda 2–3 tugma bosadi: masalan, guruhni va miqdorni tanlab, tasdiqlaydi.

Pilot fermalardan biri boʻling

Dastur ishlab chiqilmoqda. Qoramol, qoʻy, echki, ot yoki tuya boqadigan fermalarni pilotga taklif qilamiz. Telegramda yozing yoki qoʻngʻiroq qiling.

Telegramda yozish +998 94 308 34 15

Investor va hamkorlar uchun

Raqamli chorva — Oʻzbekistondagi kichik va oʻrta chorvachilik fermalari uchun bulutli ERP va analitika (SaaS). Ikki interfeys: ishchilar uchun Telegram bot va egalar uchun web panel. Asosiy hisob-kitob: yem partiyalari boʻyicha FIFO tannarx va ombor kamomadini aniqlash. Hozirgi bosqich: ishlab chiqish va pilot fermalarni tanlash.

Telegramda bogʻlanish